AsosiyJamiyat

Toshkentda Germaniyaning Siemens svetoforlari o`rnatila boshladi

Poytaxtdagi ba`zi chorrahalar Germaniyaning Siemens kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan svetoforlar bilan jihozlana boshladi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolari xabar berdi deb yozadi daryo.uz.

Guruh foydalanuvchilaridan biri yozishicha, bunday svetofor birinchilardan bo`lib sobiq aviasiya instituti yonidagi chorrahaga o`rnatilgan. Muallif dalil sifatida voqea joyidan olingan surat bilan bo`lishgan. Unda Siemens logotipi tushirilgan ikki chiroqli yassi svetoforni ko`rish mumkin. Izohlardan birida aniqlik kiritilishicha, u piyodalar uchun mo`ljallangan.

Postga fikr bildirganlarning ba`zilari yangi svetoforning soyabonsiz ekanligidan norozi bo`lib, uning quyosh nurlaridan himoyalanmagani, shuning uchun ko`pga chidamasligini yozgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa bunday svetoforlar tuzilishiga ko`ra soyabonga ehtiyoj sezmasligini, to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlari ular uchun xavfli emasligini ta`kidlagan. Bundan tashqari, uning yozishicha, ular kuzatuv kameralari bilan umumiy tizimda bo`ladi.

Ayrimlar bunday Siemens svetoforlarini shaharning boshqa nuqtalarida ham ko`rganini qayd etib, bular avval e`lon qilingan, Toshkentdagi 160 ta chorrahani tizimli kuzatuv kameralari bilan jihozlash ishlari doirasida o`rnatilayotganini taxmin qildi.

    Boshqa yangiliklar