Janubiy Floridada 1978 yilda ikki o`smirning yo`qolishi bilan bog`liq bo`lgan avtomobil topildi. Bu haqda ABC Newsga asoslanib, kun.uz xabar berdi.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, 1978 yil 7 oktyabrida 18 yoshli qiz va uning yigiti rok-konsertiga ketib, ortga qaytishmagan. Ular aynan shu Dodge Coronet rusumidagi mashinada bo`lishgan.
Ushbu mashina suv oquvchi kanallardan biridan topildi. Avtomobil ichidan o`sha bedarak ketgan juftlikka aloqador hech narsa chiqmagan.





