AsosiyDunyo

«Titanik» kemasidan omon qolgan yo`lovchining maktubi 12 ming dollarga sotildi

AQShda bo`lib o`tgan kimoshdi savdosida «Titanik» kemasi halokatidan omon qolgan yo`lovchilardan birining maktubi qariyb 12 ming dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Maktub uchun 11 875 ming dollar taklif qilgan xaridorning shaxsi ma`lum qilinmagan. 1912 yil may oyida yozilgan maktubning muallifi boy odamlar uchun tikiladigan kiyimlar dizayneri Lyusil Daff-Gordon  bo`lgan. U, eri va yan 10 kishi 40 kishilik qayiqda qutulib qolgan.

Matbuot ushbu qutqaruv vositasini «Pul qayig`i» deb atagan. Daff-Gordonning eri esa qayiqni tezroq cho`kayotgan kemadan ajratishlari uchun ekipaj a`zolarini sotib olganlikda ayblangan. Biroq keyinchalik ulardan ayblov olib tashlangan.

    Boshqa yangiliklar