Tez orada O`zbekiston televideniesiga xonanda Manzuraning “Borsan” nomli qo`shig`iga ishlangan klip namoyishi boshlanadi deya xabar qilmoqda kun.uz. Podrobno.uz’ning qayd etishicha, klipda bosh qahramon rolini Yigitali Mamajonov ijro etgan.
Klip rejissyor Sanjar Matkarimov tomonidan suratga olingan bo`lib, unda noodatiy kompyuter grafikasidan foydalanilgan.
Podrobno.uz’ning eslatishicha, Yigitali bundan avval ham Manzuraning “Soxta tuyg`u” nomli qo`shig`i klipida suratga tushgan, o`shanda bu klip katta shov-shuvlarga sabab bo`lgandi.
Qayd etishlaricha, shu klip sabab Yigitali va Manzura o`rtasida muhabbat borligi haqida mish-mishlar chiqqan, biroq bu gap so`zlar Yigitali boshqa bir xonanda – Rayhon bilan oila qurganidan so`ng to`xtagandi.
Biroq yaqinda Rayhonning o`zi Yigitali bilan ajrashishga ariza bergani ma`lum bo`ldi. Ajrashish sabablarini hech bir tomon ma`lum qilmagan.
“Yigitalini o`z klipini suratga olish ishlariga qaytadan taklif etgani Manzuraning unga nisbatan, kamida professional aktyor sifatida qiziqishi borligini bildiradi”, – deyiladi Podrobno.uz xabarida.





