Loyiha yakunida final gala-konserti tashkillashtiriladi. Unda barcha ishtirokchilar o`zbek estrada yulduzlari bilan birgalikda qo`shiqlar ijro etadi va g`oliblar e`lon qilinadi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Loyiha Yoshlar madaniyat va san`at markazi, “O`zbeknavo” EB hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Ishtirokchilarni saralab olish 3 bosqichda bo`lib o`tishi belgilangan. Loyihaning birinchi saralash bosqichi respublikaning barcha xududlarida 5 fevraldan 11 martga qadar o`tkaziladi. Shu maqsadda, xududlarga mutaxassislardan tashkil topgan guruhlar respublikaning barcha xududlariga safar uyushtiradi va har bir viloyatdan 5-8 nafar ishtirokchini saralab oladi. Saralab olingan yoshlar Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo`ladi.
Ikkinchi bosqich yakunida hakamlar hay`ati 15 nafar eng qobiliyatli ijrochilarni tanlab oladi va ularga 6 hafta mobaynida aktyorlik mahorati, vokal va raqs darslari o`tiladi. Shuningdek, har hafta hisobot konsertlari o`tkaziladi.





