O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning asosiy qismida hisob ochilmadi. Shuning uchun ham 15 daqiqadan ikki qo`shimcha taymlar o`tkazildi.
Qo`shimcha taymning 109 daqiqasida Janubiy Koreya terma jamoasi darvozamizga to`p kiritdi. Jarima maydonimizdagi pala-partishlikdan unumli foydalangan Son Xyon Min hisobni ochdi. Shuningdek, 109 daqiqada koreyslar ikkinchi golni ham urishdi. Ikkinchi gol muallifi ham Son Xyon Min bo`ldi.
Shu tariqa terma jamoamiz Osiyo kubogi musobaqalarini tark etdi, koreyaliklar esa o`yinlarni davom ettiradi.





