AsosiyShou-biznes

B.Yo`ldoshev suratga olgan klip ikki oydan buyon Rossiya xit-paradlarida etakchilik qilmoqda

Yaqinda o`zbekistonlik klipmeyker Bahodir Yo`ldoshev o`zining Facebook’dagi sahifasiga rossiyalik xonanda Nyushaning «Sunami» nomli qo`shig`iga klip ishlash jarayoni tasvirlangan fotosuratlarni joylashtirdi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz».

Klip 2014 yil kuzida Amerikada suratga olingan. Klipning asosiy qismi cho`l hududidagi raqslardan iborat. Bosh erkak rolini Rihanna va Beyonce singari jahon yulduzlari bilan ishlagan amerikalik raqqos G Medison ijro etgan. Ushbu klip bir necha oydan buyon Rossiyaning deyarli barcha xit-paradlarida etakchilik qilayotgani qayd etilgan.

Videoklip Nyushaning «Voyu na lunu», «Ne perebivay», «Vibirat chudo» va «Vishe» kliplarini suratga olgan Bahodir Yo`ldoshev tomonidan ishlangan. 1974 yilda Toshkentda tug`ilgan klipmeyker Shahzoda, So`g`diyona, A-Studio, Maksim, Nyusha singari taniqli xonandalar bilan ishlagan.

 

    Boshqa yangiliklar