Bugun Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlariga start beriladi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi uchun bugun o`ta muhim uchrashuv bo`ladi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilarimiz Janubiy Koreyaga qarshi yarim final yo`llanmasi uchun kurash olib borishadi.
O`tgan uchrashuvda vakillarimiz g`alaba qozonish uchun imkoniyat etarli ekanini namoyish etishdi. Bugun ana shu ishni yana bir marta takrorlashga to`g`ri keladi.
Janubiy Koreya bizga begona raqib emas. Bu terma bilan bog`liq ne-ne alamli xotiralar qolgan...
Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi g`alaba qozonish uchun bor kuchini ishga soladi. Bunga shubha yo`q. Matbuot anjumanida Qosimov barcha o`yinga shay ekanini ta`kidladi.
O`zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 12:30da boshlanadi.
Manba: www.uff.uz





