AsosiyDunyo

Suv ustida harakatlanuvchi millionlar

Sizga hikoya qilmoqchi bo`lganimiz ichkarida joylashgan hovuzi, akvariumi hamda suzadigan garajiga ega eng ko`rkam yaxta hisoblanadi. Ushbu san`at asari Zuccon international project ustaxonasi tomonidan CRN texnika idorasi va uslub markazi bilan hamkorlikda yaratilgan.

CRN bu Ferretti Group kompaniyasining 1968 yilda ko`p yillik kema qurish an`analariga tayanib asos solingan brend hisoblanadi. Mazkur kompaniya esa o`zining sifati, xavfsizligi jihatdan tanilgan motorli yaxtalarni yaratish, qurish va sotish bo`yicha jahonda etakchidir, deb yozadi xabardor.uz. 

60 metrlik ‘j’ade’ CRN mega yaxtalarining ulkan derazalari dengizni to`liq his qilish imkonini beradi. Ular favqulodda keng panoromik ko`rinish berishi bilan yaxta ishtiyoqmandlariga manzur bo`lmoqda. Ayniqsa, suvda suzuvchi garaj yaxta egasi uchun sakkiz metrlik tezsuzar qayiqni joylashtirish va osonlikcha olib chiqish imkoniyati misli ko`rilmagan yangilik ekaligi ta`kidlanmoqda. “Dunyodagi ilk suzuvchi garaj” maqomini olgan bu joy J’ade’ning o`ziga xos bo`lib, kema qayig`ini kran ishlatmasdan dengizga tushirish imkonini beradi. Uni tayyorlash uchun marmar, taxta, metallar va teri kabi materiallaridan foydalanilgan. Kemadan o`rin olgan ichki havza bor-yo`g`i uch daqiqada 18 ming litr suvni haydab kirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar