«Ochlik o`yinlari» filmlari orqali tanilgan aktrisa Jennifer Lourens «Cho`kish» deb nomlangan filmda ishtirok etish uchun shartnoma imzoladi, deb yozadi daryo.uz «Segodnya.ua» tayangan holda.
Fransiyalik g`avvos ayol Odri Mestre hayoti haqida hikoya qiluvchi biografik filmga «Ochlik o`yinlari»ni suratga olgan Frensis Lourens rejissyorlik, Jeyms Kemeron prodyuserlik qiladi.
Odri Mestre 90 yillarda dengizning chuqur joylariga tushib, ko`plab dunyo rekordlarini o`rnatgan. 2002 yilda u chuqur suvga sho`ng`ish bo`yicha navbatdagi rekordni o`rnatishga urinish chog`ida halok bo`lgan.





