AsosiyShou-biznes

Olimlar kino tarixida eng katta rol o`ynagan filmlarni aniqladi

Amerikalik olimlar ularning fikricha kinematografning keyingi taraqqiyotida muhim rol o`ynagan o`nta Gollivud filmlarini aniqladi, deya xabar bermoqda daryo.uz «Korrespondent.net»ga asoslanib.

Tadqiqotchilar klassik lentalarning ulardan ancha keyin suratga olingan filmlarda tilga olinish darajasiga asoslandi.

Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, «Oz mamlakati sehrgari» filmidan 565 marta iqtibos keltirilgan. Bu ko`rsatkich unga reytingda birinchi o`rinni keltirdi. Reytingning to`liq ko`rinishi quyidagicha:

  1. «Oz mamlakati sehrgari» (1939 yil, rejissyor — Viktor Fleming) — 565 ta iqtibos;
  2. «Yulduzlar janglari: Yangi umid» (1977 yil, rejissyor — Jorj Lukas) — 297 ta iqtibos;
  3. «Psixo» (1960 yil, rejissyor — Alfred Xichkok) — 241 ta iqtibos;
  4. «Kasablanka» (1942 yil, rejissyor — Maykl Kyortis) — 212 ta iqtibos;
  5. «Shamollarda qolgan hislarim» (1939 yil, rejissyor — Viktor Fleming) — 198 ta iqtibos;
  6. «King-Kong» (1933 yil, rejissyorlar — Merian Kuper va Ernst Shodsak) — 191 ta iqtibos;
  7. «Frankenshteyn» (1931 yil, rejissyor — Jeyms Ueyl) — 170 ta iqtibos;
  8. «Cho`qintirgan ota» (1972 yil, rejissyor — Frensis Ford Koppola) — 162 ta iqtibos;
  9. «Fuqaro Keyn» (1941 yil, rejissyor — Orson Uells) — 143 ta iqtibos;
  10. «2001 yilning kosmik odisseyasi» (1968 yil, rejissyor — Stenli Kubrik) — 143 ta iqtibos.

    Boshqa yangiliklar