AsosiyShou-biznes

Tez kunda Umidaxondan baravariga ikkita tarona premerasi

O`zining sho`x taronalari, dilga hush yoquvchi nolalari bilan muxlislar orttirgan Umidaxon ayni kunda ikkita yangi qo`shiq ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri iste`dodli ijodkor Eldor Qayumov so`zi va musiqasi bilan yaratilgan bo`lib, nomi hozircha sir tutilmoqda. Aranjirovkani esa Jasur Badalboevga ishonib topshirish niyatida, deya yozmoqda popcorn.uz.

Ikkinchi tarona milliy yo`nalishda va u ko`pchilikka tanish, ya`ni ustoz san`atkorlarimizdan birining repertuaridan joy olgan qo`shiq.

Turli yoshdagi san`at shinavvandalariga manzur keluvchi bu qo`shiq Umidaxon ijrosida yangicha talqinda yangraydi. Hozircha ikkala taronaning nomini sir tutayotgan Umidaxon tez kunda ketma-ket qo`shiqlar premerasini taqdim etish niyatida ekan.

    Boshqa yangiliklar