Shu yilning 16-19 yanvar kunlari poytaxtimizda Artlas yosh dizaynerlar tanlovi bo`lib o`tdi. “Kamolot” YoIH tomonidan tashkil etilgan tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan havaskor va professional yosh dizaynerlar ishtirok etdi, deya xabar qiladi uz24.uz nashri.
Yoshlar ijod saroyida o`tkazilgan tanlovning final bosqichida 48 nafar yosh dizaynerlar o`z to`plamlari bilan qatnashdi. Ulardan 11 ta to`plam saralab olindi. Kecha tashkil etilgan yakuniy defileda tanlab olingan liboslar namoyish etildi.
Tanlov yakuniga ko`ra, g`oliblar aniqlanib, taqdirlandi.












