AsosiyShou-biznes

Mayk Tayson Madonna bilan birga qo`shiq kuyladi

Boks bo`yicha mutlaq jahon chempion Mayk Tayson Madonna bilan birga qo`shiq kuyladi. Bu haqda xonandaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan, deb yozmoqda kun.uz.

Amerikalik bokschi Iconic qo`shig`ini yozishda Madonna va Chance the Rapper taxallusi ostida ijod qiluvchi reper Chanselor Bennett bilan birga ishtirok etdi.

Ushbu trek Rebel Heart albomidan o`rin oladi; musiqiy to`plamning to`liq ko`rinishi taqdimoti esa 2015 yil 10 martda o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

O`tgan yilning dekabrida noma`lum shaxslar yangi albomdan o`rin olishi kerak bo`lgan qo`shiqlarning aksariyatini internetga chiqarib yuborishgan edi.

Madonna qonunbuzarlarning bu harakatini terrorchilik deb baholagan va albomga oldindan buyurtma berganlarga to`plamning olti qo`shig`ini iTunes onlayn-do`konida bepul qilib qo`ygandi.

Mayk Tayson zamonaning eng mashhur sportchilaridan biri bo`lib, jahonning mutlaq chempioni unvoniga ega bo`lgan va Ginnesning rekordlar kitobidan o`rin olgan.

Amerikalik bokschi o`z professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan va shundan so`ng avtobiografiya kitobini yozishga, promouter sifatida ishlashga va 55dan ortiq film, serial va teleshoularda suratga tushishga ulgurdi.

    Boshqa yangiliklar