2014 yil yakunlariga ko`ra, Xitoy Yalpi ichki mahsuloti hajmi xarid qilish qobiliyati bo`yicha Amerikadan o`zib ketgan. Garchi yil yakunlari bo`yicha hisobot hali chop etilmagan bo`lsada, Yalpi ichki mahsulotni an`anaviy baholash bo`yicha Xitoy AQShdan sezilarli ortda qolyapti, uzreport.uz xabar qilmoqda.
Xalqaro Valyuta Jamg`armasining ma`lumotiga qaraganda, 2014 yil yakunlari bo`yicha Xitoy iqtisodiyoti qariyb 10,4 mlrd dollarni, Amerikaniki esa 17,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
Ammo bu iqtisodiy jihatdan Xitoy AQShga tobora yaqinlashmoqda, degani emas. Hozirning o`zidayoq dunyo bo`yicha foydalanilayotgan energiyaning 20 foizi ushbu mamlakatga to`g`ri kelmoqda. Bu sayyoramiz bo`yicha hammadan ko`pdir. G`arb uchun o`ta yuqori tuyulgan Xitoy iqtisodiyotining o`sish sur`atlari pasayishda davom etmoqda. Xitoy Xalq bankining ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilda Yalpi Ichki mahsulotning o`sishi avval taxmin qilingan 7,4 foizga emas, balki 7,1 foizga sekinlashadi.





