Tayvan orolidagi Tayjun shahri aeroportida polisiya xodimidan tortib olingan qurol orqali noma`lum maqsadli bezori polisiya va hududdagi boshqa kishilarga o`t ochdi. Kun.uz nashri bergan ma`lumotlarga ko`ra, bu otishma natijasida polisiya xodimlaridan biri hamda o`tkinchi yo`lovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan. O`t ochuvchi esa, xavfsizlik nuqtai nazaridan otib o`ldirilgan.
Xabar qilinishicha, bu bezori mopediga minib, aeroport hududiga taqiqlangan holatda bostirib kirgan. Qo`riqchi kuchlar uni to`xtatishga uringanida, ulardan birining xizmat qurolini tortib olib, qurol magazinidagi barcha 12 o`qni duch kelgan odamga qarata otib tugatgan. So`ng, qarshi hujumga o`tgan polisiyachilar uni o`tib o`ldirishgan.
Jarohatlanganlar shifoxonaga etkazilgan, ularning ahvoli yaxshilangani aytilmoqda. Bu hodisaga nima sabab bo`lgani esa, oydinlashmagan.





