15 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «O`zbekkino» Milliy agentligi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonalari bilan hamkorlikda Birinchi jahon urushining yuz yilligiga bag`ishlab, «Rojdestvo muborak» badiiy filmini namoyish etdi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyining rasmiy saytida xabar berildi.
Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, film 1914 yil dekabridagi Rojdestvo sulhi nomi bilan kirgan Birinchi jahon urushi voqealari haqida hikoya qiladi. Uning namoyishi o`tgan yili G`arbiy Evropada keng nishonlangan Birinchi jahon urushi boshlanishining yuz yilligiga bag`ishlandi.
Filmni 2005 yil bir qancha Evropa mamlakatlari va Yaponiya kino ustalari tasvirga olgan.
Shuni qayd etish lozimki, ushbu badiiy film ingliz, fransuz va nemis tillarida ruscha subtitrlar bilan namoyish etildi.





