AsosiyDunyo

32 yoshli tayvanlik 3 kun kompyuter qarshisida o`tirib, vafot etdi

Tayvanda geymer uch kun davomida kompyuter qarshisida o`tirib, vafot etdi, deya xabar bermoqda daryo.uz RTga asoslanib.

Tayvandagi internet-klublardan birida administrator uch kun davomida o`yin o`ynab o`tirgan 32 yoshli geymerga yaqinlashganida u kresloda harakatsiz o`tirardi. Bunday holat avvallari ham sodir bo`lgan, tanaffus paytlarida u ko`pincha kompyuter qarshisida mudrab qolardi. Biroq bu safar u o`lik holda topildi.

Shifokorlar o`yinchining haddan tashqari sovqotish va zo`riqishdan kelib chiqqan yurak to`xtashi natijasida vafot etganini aniqladi.

 

    Boshqa yangiliklar