AsosiyShou-biznes

Zarina Nizomiddinova muammoli mavzu ko`tardi: “Etar!”

Aktrisa Zarina Nizomiddinova qo`shiq kuylashni boshlaganida ko`pchilik iliq qabul qilmagan edi. “Chumchuq so`ysa ham qassob so`ysin” degandek.

Lekin Zarina noodatiy klip va ijro yo`nalishi bilan yaxshigina xonanda ekanligini ham isbotlamoqda. “Afsonaviy” va «Meni kechir» qo`shiqlaridan so`ng u navbatdagi “Etar” nomli taronasi ustida ish boshladi.

Jahongir.UZ ohangi  va musiqiy sayqali bilan dunyoga kelayotgan qo`shiq mavzusi sir tutilmoqda. Zarina Nizomiddinovaning aytishicha, yangi ijodiy ishida muammoli mavzuni ko`targan. Demak, intiqlik bilan kutamiz.

    Boshqa yangiliklar