AsosiyDunyo

2015 yilda, albatta, borish lozim bo`lgan dunyoning 10 nuqtasi

Er sayyorasi juda ulkan va bu narsa vaqt o`tgani sayin yanada kattalashib bormoqda. Olam o`zining ilgari ko`rsatmagan siyratini namoyish etganda, dunyoning boshqa g`am tashvishlari unut bo`ladi, insonning o`sha erlarga borgisi keladi. Shu bois bugungi kun sayyohi borilaverib siyqasi chiqib ketgan joylarga emas, balki er yuzining kam nazar tashlangan burchaklariga bormoqda, u erdagi mahalliy aholi va ularning urf-odatlari bilan tanishmoqda. Shu narsani inobatga olgan holda, sayyohlar vijirlab boradigan joylarning emas, aksincha, tabiati, tarixi bilan borishga arzigulik boshqa hududlarning ro`yxatini tuzib chiqdik. 2015 yilda bu erlarga borib hordiq chiqarsa arziydi, deya tavsiya qilmoqda xabardor.uz.

Islandiya

Shimoliy dengizda joylashgan orol o`zining ertaknamo tabiati bilan kishini sehrlab qo`yadi. Bu erda xuddi filmlardagi kabi dahshatli alvastilar va go`zal parilarni uchratishingiz mumkindek tuyuladi. Islandiyaga borish balki sizga nasib etmas, lekin ishoning u erdagi tabiat manzarasi, tog` buloqlari suvida cho`milish, g`orlarda sayr etish, sizga rostmanasiga zavq bag`ishlaydi.

Marokash

 

Marokash — o`zining bozorlari va O`rta Er dengizi sohillarida joylashgan plyajlari bilan mashhur. Buningsiz uning sayyohlik manzarasini tasavvur etish qiyin. Shu bilan birga Atlas tog`lariga chiqish, sharsharalar yonida yoki berberlar qishlog`ida tunash, Saxara biyobonining markaziga sayyohat qilish, tuya ustida qip-qizil ufqni tomosha qilish mumkin.

Vetnam

Bu erda Saygon nomli baliqchilar qishlog`i bo`lib, u erga borish qimmatga tushmaydi. Qaerga sayohat qilish, avvalo, o`z qo`lingizda. Istagan paytda sayyohlik yo`nalishingizni o`zgartirishingiz va Vetnam sari yo`l burishingiz mumkin. Masalan, baliqchilar bilan birga Mekong qishlog`ida yashashingiz yoki safarilarga chiqishingiz mumkin. Bundan tashqari, mamlakat shimolida joylashgan Ketler maskaniga borsa ham bo`ladi.

Tasmaniya

Bu nom tilga olinganda, ko`pchilikning ko`z o`ngida “Tasmani iblisi” deb nomlanmish yirtqich mahluq gavdalanadi. Biroq bu erga kelayotgan sayyohlar mamlakatning yovvoiy tabiati, uning o`ziga xos oshxonasi va hech qaerda yo`q maftunkorligini his etishmoqda.

Kolumbiya

Er yuzi bo`ylab sayyohat qiluvchilarning eng ashaddiylariga Janubiy Amerika bo`ylab, yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, Kolumbiyaga tur qilishni maslahat beramiz. Bu erda hamma narsa bor — Karib dengizining jonli to`lqinlari, Amazonning yovvoiy o`rmonlari, millionlab inson yashaydigan Bogota va dunyoning hech bir erida yo`q boshqa ko`plab narsalar.

Yaponiya

Mamlakatning shimol va janubini bog`lab turuvchi tezyurar poezdi sayyohlarni Yaponiyaning barcha diqqatga sazovor nuqtalari bilan tanishtirish maqsadida ishga tushirilgan. Bu o`lkaga tashrif buyurgan kishi yuksak texnologiya namunalaridan tashqari milliy madaniyat, Mishlen reytingida yuqori o`rinlarda turuvchi turfa xil restoranlar bilan ham tanishishlari mumkin.

Argentina

Patagoniya maskani o`zining cheksiz go`zalligi bilan kishilarni maftun etadi. Kordiler matonati hamda tabiat uyg`unligi, inson oyog`i tegmagan bu hududga bir qur nazar tashlashni taqozo etadi. Muzliklar manzarasi, marvariddek toza ko`l, qishloqlar — bularning barini ko`z bilan ko`rish kerak.

Nepal

Aytishlaricha, jannatga Nepaldan yaqinroq o`lka yo`q emish. Bunga etarli asoslar bor, chunki Nepal shunchalik balandda joylashganki, mubolag`a bilan aytganda, osmonga etishiga juda oz qolgan. Ko`p yillik an`analarga tayangan holda nepalliklar Himolay tog`larida tongni qarshi olishni va tog` bag`irlarida joylashgan ehromlarida ibodat qilishni hushlashadi.

Shri-Lanka

Shri-Lanka sayohat qilish uchun eng qulay mamlakat hisoblanadi, lekin nima uchundir odamlar bu erni unutib qo`yishgandek go`yo. Bu erda turizm rivojlangan davlatlarda bor barcha qulayliklar mujassam va buning ustiga qulay narxlarda. Mehmonxonalar yonida aylanib yuruvchi yovvoiy hayvonlar, atrof-muhit manzarasiga alohida tarovat baxsh etib turadi.

    Boshqa yangiliklar