16 yanvar poytaxtimizdagi Miran Internasional mehmonxonasining kichik majlislar zalida estradamizning yorqin namoyondasi Manzuraning konsert dasturi oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Yig`ilishga asosan ommaviy axborot vositalari hodimlari taklif etilgan bo`lib, taniqli gazeta va saytlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar ishtrok etishdi.
Anjumanda Manzura bilan birga konsert tashkilotchisi, bosh rejissyor Davron Kabulov hamda ikkinchi rejissyor va xareograf vazifasini bajaruvchi Narimon Grigoryan ommaviy axborot vositalari hodimlari tomonidan yo`llangan savollarga javob berishdi.O`n sakkiz yilik ijod yo`li, yaratilgan xit qo`shiqlar, mashhur duetlar, qolaversa muxlislari qalbidan joy olgan videokliplar haqida so`z borarkan, ilk katta yakkaxon konsert dasturida nimalar bo`lishi haqida sirlarni oshkor etilmasligini alohida ta`kidlab o`tgan Manzura, “Hammasi konsertda namoyon bo`ladi, dasturga tashrif buyurganlar bizning mehnatimizni guvohi bo`lishadi”, dedi.
Jurnalistlar tomonidan berilgan, konsertda jonli ijro kutiladimi, kabi savollarga xonandaning aksariyat qo`shiqlari raqs bilan ijro etilgani uchun turli harakatlar davomida ovoz o`zgarishi kuzatilishi, bundan tashqari texnik vositalar yuqori darajada emasligi aytib o`tildi va konsert fonogramma asosida o`tkazilishi ma`lum qilindi. Biroq, yig`ilish davomida jonli ijro haqida bildirilgan ko`p fikrlar inobatga olinib, rejissyor Davron Kabulov “Aslida, jonli ijroda besh-oltita qo`shiqni kuylayman, deganida Manzuraga men qarshilik bildirgandim. Sababi, birinchi katta konsert bo`lgani uchun uni hech qanday kamchiliklarsiz o`tkazib, kelgan tomoshabinlar tashqaridagi butun ish va tashvishlarini unutib tomosha qilishlarini istagandik. Agar muxlislari jonli ijroda qo`shiq kuylashini kutishayotgan bo`lsa, balki sokin ohangdagi biror taronani jonli tarzda ijro etar, bu haqda o`ylab ko`ramiz”, dedi.
Matbuot anjumanidan farqli ravishda do`stona ijodiy suhbat tarzida o`tgan yig`ilish qizg`in savol- javoblar bilan davom etdi. Konsertda Manzuraning imidji ustida doimiy hamkori taniqli dizayner Hilola Sher ishlashi va bu ijodkor o`z ishining ustasi ekanini aytib o`tildi.
popcorn.uz





