AsosiyDunyo

Britaniyalik haydovchi mashinalarni parallel tarzda qo`yish bo`yicha rekord o`rnatdi

Angliyaning Birmingem shahrida avtosport bo`yicha o`tkazilayotgan xalqaro ko`rgazmada Buyuk Britaniya fuqarosi Alister Moffatt mashinalarni parallel tarzda (“parkovka”ga) qo`yish bo`yicha Ginness jahon rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi xabardor.uz Daily Recordga asoslanib.

Kaskadyor sifatida faoliyat yurituvchi Moffatt o`zining Fiat 500 rusumidagi xetchbekini avtomobilning uzunligidan bor-yo`g`i 7,5 santimetrga katta bo`lgan oraliqqa sig`dira oldi.

Rekordni o`rnatishda keskin burilib kirishni amalga oshirish jarayonini boshqarib turish uchun avtomobilning muvozanatlashtirish tizimi o`chirilgan standart ko`rinishidan foydalanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar