Ijtimoiy tarmoqlarda Rayhonning turmush o`rtog`i bilan ajrashayotgani haqida ma`lumotlar tarqaldiki, “Ayfon 6” chiqqanida ham bu qadar katta shov– shuv bo`lmagandi. “Nega? Nima uchun? Afsus! Ie?!” – taajjub va savollarning keti uzilmayapti.
Rayhon bilan bog`liq voqealar u ijodga kirgandan boshlab, minglab muxlislarning ko`zini chetlatib o`tishi mumkin emas! Xullas, Rayhon bilan eksklyuziv suhbat uyushtirishni lozim topdik. Bu shunchaki an`anaviy savol– javob emas, siz kutayotgan, aniq javob izlayotgan savollarga sevimli xonandaning o`zidan aniq ma`lumotlar eshitamiz.
– Ko`pchilikning fikricha, turmush o`rtog`ingiz bilan munosabatlaringizga nuqta qo`yayotganingiz konsert oldi piar! Shunga oydinlik kirita olasizmim?
– Piar deyishlariga sabab, “to`yining ertasi kuni ajrashib ketishadi” degan gap– so`zlar ancha oldin bolalaganidir. Biroq, bu gaplarning konsertimga umuman aloqasi yo`q. Hozirgi vaziyatga to`xtalsam, murakkab. Nimalar sodir bo`layotganini esa birma– bir ommaga dasturxon qilish niyatim yo`q. Bu shaxsiy hayotim. Ichki munosabatlar.
Ushbu intervyuni to`liq holatda “Darakchi” gazetasining 3-sonida o`qishingiz mumkin.
Obuna indeksi: 424





