Bugun mustaqil diyorimizning qaysi go`shasiga bormang, ulkan o`zgarishlar, keng qamrovli bunyodkorlik ishlarining shohidi bo`lasiz. Istiqlol yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi ham mislsiz o`zgarishlarga yuz tutdi. Bugungi kunda Qoraqalpoq zaminida ham yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar samarasini yaqqol ko`rish mumkin.
Tarixingdir ming asrlar...
Azaldan Orolbo`yi xalqlari dunyo tarixi, tamadduni, madaniyat va ma`rifat taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shib kelishgan. Tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar bundan ming yillar avval ham bu hududda hayot, madaniyat, san`at gullab yashnaganini ko`rsatadi.
Ma`lumotlarga qaraganda, miloddan avvalgi 7-6 asrlarda Qoraqalpog`iston hududida qadimiy davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Hududdagi Qo`yqirilganqal`a, Oybo`g`ir, Burliqal`a, Oqshoxonqal`a xarobalarida qadimiy tasviriy san`at va haykaltaroshlik yodgorliklari topilgan.
Xorazmshohlarning Tuproqqal`a saroyi so`nggi antik davrning eng ulkan yodgorliklaridan biri sanaladi. Orolbo`yi hududida asrlar davomida qoraqalpoq, o`zbek va boshqa ko`pgina turkiy xalqlar ahil-inoq umrguzaonlik qilishgan, ne-ne yaxshi-yomon kunlarni boshdan kechirishgan. Xususan o`zbek va qoraqalpoq xalqlari hayoti, turmush tarzi, tarixiy, qadriyatlari va urf-odatlarida ana shunday yaqinlik yaqqol ko`zga tashlanadi.
Bunday umumiylik xalq og`zaki ijodida, adabiy yodgorliklarda ham yaqqol ko`zga tashlanadi. Masalan, “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G`arib” singari dostonlar o`zbek va qoraqalpoq folklorining mushtarak yodgorliklari sanaladi. Jien Jirov, Berdaq, Ajiniyo, Otesh Alshinbay o`g`li, Qulmurot Qurbon o`g`li singari singari shoirlar o`z asarlari qoraqalpoq adabiyoti ravnaqiga beqiyos hissa qo`shishgan.
Tosh kelsa kemirib...
Qoraqalpoq eli o`z o`tmishi davomida ne-ne musibatlarni, fojialarni, bosqin va qirg`inlarni boshidan kechirmadi. Biroq bu zaminning jafokash xalqi har qanday sharoitda o`zligi, madaniyati, milliy qiyofasi, asriy qadriyatlari va an`analarini asray oldi.
Xususan, yaqin o`tmishimizda, sobiq tuzum yillarida xalqimiz boshiga tushgan ko`rgiliklar bu elni ham chetlab o`tmadi. Orobo`yi xalqlarining qanchadan qancha asl o`g`lonlari mustamlakaachilik, istibdod, qatag`on siyosatining qurboni bo`lishdi. Ikki Jahon urushi dunyoning ko`pgina xaloqlari qatori qoraqalpoq eli kechmishida o`zining mudhish asoratini qoldirdi.
Bu ko`hna zamin xalqlari hayotining ajralmas qismiga aylangan, ming yillar davomida mavjlanib turgan bepoyoon Orol dengizi o`tgan asrdagi paxta yakkahokimligi, tabiat boyliklaridan xo`jasizlarcha foydalanish natijasida halokat yoqasiga kelib qoldi. Mintaqadagni ekologik vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Aholi salomatligi bilan bog`liq ko`plab muammolar vujudga keldi. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etayotgani achinarlidir.
Istiqlol yillarida hukumatimz tomonidan Orol dengizi muammolarini bartaraf etish borasida keng qarmovli ishlar amalga oshirilmoqda. Orolbo`yi aholisining salomatligini mustahkamlash, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar bajarilmoqda.
Raqamlar farvonlikdan so`zlaydi
Bugun Qoraqalpog`istonning barcha shahar va tumanlarini bog`lab turuvchi yo`llarning ravon va obodligini ko`rib ko`zingiz quvnaydi. O`zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2014 yil Investisiya Dasturi to`g`risida”gi qaroriga muvofiq korxona tomonidan ”G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 698-753 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish, 916-964 kilometrlik qismida 10 kilometr uzunlikda qayta qurish ishlari jadal olib borilmoqda.
Yo`l qurilishi bo`yicha 2014 yil investisiya dasturiga kiritilgan ob`ektlarda korxona yo`lsozlari shartnoma asosida 55 milliard so`mlik ish ko`lamini bajarishdi. Qoraqalpog`istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu erda jami 1 ming 57 ta sanoat korxonasi, shu jumladan 24 ta yirik korxona, 1 ming 33 ta kichik tadbirkorlar faoliyat ko`rsatmoqda. Uchta korxonada import o`rnini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan.
Orolbo`yida Qo`ng`irot soda zavodidan keyin yana bir yirik sanoat korxonasi – “Ustyurt gaz-kimyo majmuasi” qurilishi jadal olib borilmoqda. “Uz-Kor Gaz Chemical” kompaniyasi buyurtmasi asosida bunyod etilayotgan mazkur gigant korxonada yiliga 400 ming tonna polietilen, 100 ming tonna polipropelin hamda 3,7 milliard kubometr tozalangan gaz ishlab chiqariladi.
Qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylar qatoriga o`tgan yilda yana 550 tasi qo`shildi. 2009 yildan buyon Orolbo`yida bunyod etilayotgan bu zamonaviy turar-joylar soni 1 ming 700 tadan ortdi. 2014 yilda 627 ta ana shunday uylar qurilib foydalanishga topshirildi.
Bu raqamlarning barchasi bu go`zal zaminda erishilayotgan ulkan yutuqlarni o`ziga aks ettiradi.





