Toshkent hayvonot bog`i o`zining 90 yillik yubileyi tadbirlari doirasida ushbu muhim sanaga bag`ishlangan turli bosma mahsulotlarni nashr etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Bog` ma`muriyatining xabar berishicha, hozir hayvonot bog`i tarixini yoritish uchun turli yillar davomida eski va yangi hududlarda ishlangan arxiv fotosuratlari va materiallarni to`plash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu bog`ning umumiy ko`rinishi va hayvonlari tasvirlangan fotosuratlarga ega bo`lgan yurtdoshlarimizdan hayvonot bog`i ma`muriyatiga murojaat qilishi so`ralmoqda. Lozim topilgan materiallar tarixiy to`plamlardan, hayvonot bog`i saytining fotogalereyasidan joy oladi.
Suratlar ipzoo@mail.ru. manzili orqali qabul qilinadi. Asl nushada qabul qilingan suratlar olingandan so`ng, egasiga qaytariladi.





