AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaevadan "Afsona"ga aylanishi mumkin bo`lgan videoklip

Estradamizning yorqin yulduzlaridan biri yilning eng yaxshi ayol xonandasi deya e`tirof etilgan Munisa Rizaeva   "Afsona" qo`shig`iga klip suratga oldirdi. Klipmeyker Timur Pirimkulov tomonidan etnik ko`rinishda tasvirga olingan mazkur videoklip qaysidir ma`noda mashhur “Troya” filmini ham yodga soladi.

Hattoki pavilonga bir nechta tirik otlar ham keltirilgan. Askarlar, turli sahna ko`rinishlari, ajoyib dekorasiya, xonandaning turli xil obrazlari, albatta, klipni yaxshi chiqishiga kafolatdek. Ijodkorlarning aytishicha maxsus grafika asnosida tayyor bo`ladigan videoklipni fevral oyi boshlarida muxlislar e`tiboriga havola etiladi.

 manba: popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar