Kuchli qor yog`ishi sanoqli soatlar ichida katta shaharlarning ham hayot tarzini izdan chiqarib yuboradi: yo`llarni qalin qor qoplaydi, odamlar ishdan uyga, uydan ishga bora olishmaydi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan do`konlarni ta`minlashning iloji bo`lmaydi, kuchli qor bosimi ostida elektr simlari uzilib ketadi.
Ayrim joylarda kommunal xizmati ishlab turadi. Ayrim joylarda esa umuman ishdan chiqadi. Texnologiyalarimiz qanchalik rivojlanishiga qaramay xohlaymizmi yo`qmi tabiat hodisalari oldida ojizmiz. Biz tarixda kuzatilgan o`nta kuchli qor to`foni haqida sizga xabar berishni lozim topdik. Ularning aksariyati Amerika qita`siga to`g`ri keladi.
1. Chikago, AQSh, 1967 yil. Qor qalinligi 58 santimetr

Bu qor yog`ini insonlar xotirasida “67 yil qor to`foni” nomi bilan muhrlanib qoldi. To`fon AQShning Michigandan Indianagacha bo`lgan markazi-g`arbiy hududlariga zarba berdi. Bir sutka mobaynida qorning yog`ishi Illinoys shtati bo`yicha rekord darajasiga chiqdi. Bu yog`in 76 nafar kishining hayotiga zomin bo`ldi. Shulardan 26 nafari chikagolik edi.
2. Ontario va Kvebek shaharlari, Kanada, 1971 yil. Qor qalinligi 61 santimetr

Bu to`fonni “ 71 yil Sharqiy Kanada bo`roni” deb atashdi. Qor kuchli shamol ostida yog`di va ko`rish darajasini nolga tushirib yubordi. Bu tabiiy ofat kuchli sovuq oqimi bilan birga 20 nafar kishining hayotiga zomin bo`ldi. Eng hayratlanarlisi shundaki, hech kim mahalliy aholiga uylarida qolishni maslahat bermadi, ammo ular baribir shunday qilishdi. Qor shunchalik kuchli yog`di-ki, milliy chempionatdagi “Montreal Canadiens” jamoasi o`yini qoldirildi. Bu esa mahalliy xalq uchun qor bo`ronidan ko`ra kuchliroq ta`sir etdi.
3. Boston, AQSh, 1978 yil. Qor qalinligi 69 santimetr

Boston qor to`foni umuman kutilmagan holatda yuz berdi. O`shanda hamma ishda, o`qishda bo`lib kun yarimiga kelib qolgan edi. Ko`pchilik o`z mashinasi ichida qolib ketdi. Buning ustiga bu voqea eng katta suv toshqini bo`lgan paytda yuz berdi. Bu borada eng katta rekord shu shaharga to`g`ri keladi. Har soatda 10 sm. Gacha qor yoqqan. Ofat natijasida 100 ga yaqin inson hayot bilan vidolashgan.
4. Katskils tog`lari hamda Appalachey hududi, 1993 yil. Qor qalinligi 127 santimetr

1993 yilda sodir bo`lgan bu to`fonni insoniyat ahli “asr to`foni” deb nomladi. Shunchalik ko`p qor yog`diki, undan oldin bunday katta hududda bunchalik ko`p qor yog`magandi. U Kanadaning sharqiy qismidan to Karib dengizi qirg`oqlarigacha bo`lgan 26 shtatni qamrab oldi. Ayrim joylarda qor to`foni natijasida havo harorati shunchalik tushib ketdiki, natijada 270 nafar inson halok bo`ldi. Hattoki doimiy issiq bo`lib turuvchi Florida shtatida ham sovuq oqimi kirib keldi. Tekisliklarda 100 sm. gacha qor yoqqan bo`lsa, tog`lik hududlarda bu ko`rsatgich ancha yuqori edi.
5. Saratoga-Springs, AQSh, 1888 yil. Qor qalinligi 147 santimet

“1888 yilning qor bo`roni” nomini olgan tabiiy ofat, AQShning butun shimoli-sharqiy qismini egallab oldi. Buning natijasida 400 nafar insonning yostig`i quridi va 100 dan ziyod kishi dengizda dom-darakasiz g`oyib bo`ldi. To`fon haqiqatda o`ta dahshatdi edi: kuchli bo`ron, ko`p qor yog`ishi va havo haroratining keskin tushib ketishi bilan kuzatildi. Nyu-York 22 sm. qor yog`ishi natijasida falaj holatiga kelib qoldi, Saratoga-Springs shahri esa bir yarim metrli qor ostida qolib ketdi.
6. Nyu-York shtati, AQSh, 2014 yil. Qor qalinligi 150 santimetr

Ikki oycha muqaddam AQShning Nyu-York shtatida kutilmagan qor to`foni kuzatildi. Shtat ma`muriyatining xabariga ko`ra ikki sutka mobaynida bir yillik qor me`yori yoqqan. Bu tabiiy ofat natijasida 6 nafar kishi olamdan o`tgan, 200 km. ga teng avtomagistarl yo`llaridagi qatnov bekor qilingan va Baffalo shahridagi 40 foiz aviareyslar to`xtatilgan.
7. Lxyundze, Tibet, 2008 yil. Qor qalinligi 182 santimetr

Tibet aslida, sovuq hudud hisoblansa-da, 2008 yilda yoqqan qor mahalliy aholini shok holatiga tushirib qo`ydi. 36 soat davomida tinimsiz yoqqan qor ayrim hududlarni 182 sm. Gacha qoplab oldi. O`rta hisobda 150 sm. gacha qor yoqqan. Ko`plab imoratlar bunday qor bosimini ko`tara olmay qulab tushdi va aksariyat markaziy yo`llar qor ostida qolib ketdi. Bu ofat 7 nafar kishining hayotiga zomin bo`ldi. Ko`pchilik mahalliy aholi o`lmay qolish maqsadida o`zlarining uy hayvonlarini eyishga to`g`ri keldi.
8. Yangi Angliya, AQSh, 1717 yil. Qor qalinligi 274 santimetr

O`n sakkizinchi yuz yillikning eng dahshatli tabiiy ofati 1717 yilda sodir bo`ldi. U paytlarda meteriologiya markazining yo`qligi sababli “1717 yilning buyuk qor to`foni” haqidagi ma`lumotlar taxminiy ko`rsatkichlar asosida taqdim etilgan. Shundoq ham qahraton qish bo`lib turgan bir paytda to`fon to`rtta bo`ron bilan shahar ustiga yopirildi. Tabiiy ofat markazi Boston shahriga to`g`ri keladi. Qor shunchalik qalin yog`diki, odamlar uyning ikkinchi qavati derazalaridan tashqariga chiqishga majbur bo`ldilar. Yo`lni tozalovchi texnika vositalari yo`qligi sabab, odamlar haftalab qor erishini kutishlariga to`g`ri keldi. Bu fojeaga taaluqli fotosuratlar hech qaerda topilmaydi. Shuning uchun bu ofatni tasavvur etish qiyin.
9. Shasta tog`i, AQSh, 1959 yil. Qor qalinligi 480 santimetr

Bu ofat qor yog`ishi qalinligini inobatga olib qaraganda, tarixdagi eng kuchli qor yog`ini, deb hisoblanadi. Bu ofat tog`li hududlarda sodir bo`lgani uchun, aholi yashovchi hududlarga deyarli ziyon etmadi. Bu qor to`foni eng dahshatli hisoblangani bilan, kichik hududda kuzatilgani bois ko`p shov-shuvga sabab bo`lmadi.
10. Baffalo, AQSh, 1977 yil. Qor qalinligi 506 santimetr

Baffalo shahri AQShning shimoliy shahri hisoblanadi. 1977 yilda bu erga qo`rqinchli qor to`foni sodir bo`ldi, u 70 kilometr soatiga esuvchi shamol bilan birga sodir bo`ldi. Bunga qadar Baffalo qor ostida edi. Natijada qorning ustiga qor yog`a boshladiki, ob-havo darajasi haddan tashqari tushib ketdi. Ko`rish darajasi nolga tushdi, qorning qalinligi besh metrni tashkil etdi. Bu o`rnatilan eng katta rekord ko`rsatgich hisoblanadi.
xabardor.uz





