2014-yilda "Yilning eng yaxshi xonandasi" sifatida "E`tirof" mukofotiga sazovor bo`lgan xonanda Ulug`bek Rahmatullaev tinim bilmay ijod qilishda davom etmoqda, deya xabar qiladi popcorn.uz.
Xonanda shu kunlarda yana bir yangi qo`shig`ini muxlislarga taqdim etishga tayyor qilib qo`ydi. "Ey yurak" nomli tarona uchun videoklip ham suratga olingan. Klip esa yosh va mahoratli klipmeyker Sanjar Matkarimov tomonidan tayyorlangan.
Ulug`bek Rahmatullaevning bizga ma`lum qilishicha, u qo`shiqni yaratish g`oyasini aslida muxlislar bergan. Ko`p sonli san`at ixlosmandlarining iltimosiga binoan yaratilgan qo`shiq tez kunlarda taqdim etiladi.
Shuningdek, xonanda shu kunlarda estradamizning ayol xonandalaridan biri bilan duet kuylamoqda. Xozircha duetdosh san`atkor kimligi sir saqlanmoqda. Bu duet tarona bahor oylarida premera etilishi rejalashtirilgan.
Ulug`bek Rahmatullaev taronalari nafaqat O`zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham sevib tinglanishi sir emas. Bahor faslida xonanda Rossiya bo`ylab "Shirin orzu" nomli konsert dasturi bilan gastrol safari uyushtiradi.





