AsosiyShou-biznes

Madonna Charlie Hebdo bilan sodir bo`lgan fojeadan o`z manfaati yo`lida foydalanganlikda ayblandi

Mashhur qo`shiqchi Madonna Charlie Hebdo bilan sodir bo`lgan fojeadan o`zining yangi albomining ommalashuvida foydalanganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi kun.uz The New York Post gazetasiga asoslanib.

Ma`lum qilinishicha, qo`shiqchi o`zining Instagram’dagi sahifasida “Je Suis Charlie” (“Men – Sharli&rdquo yozuvi suratini chop etdi hamda bu suratga o`zining yangi albomining heshtegini qo`shib qo`ydi.

“Hozirda juda qo`rqinchli zamonlar kelmoqda. Johillik o`zaro toqatsizlikni va qo`rquvni keltirib chiqarmoqda. Biz qorong`ulikka qarshi faqat yorug`lik bilan kurasha olamiz. Biz hammamiz Sharlimiz!» – deb yozdi Madonna.

U, shuningdek, Parijda terrorchilik hujumlariga qarshi norozilik namoyishini uyushtirayotganlarning suratini chop etdi hamda barcha dinlarni hurmat qilish kerakligini, biroq insonlar hayotini ham hurmat qilishni unutmaslik kerakligini aytib o`tdi.


 

    Boshqa yangiliklar