AsosiyJamiyat

Guardian: Savisskiy dunyodagi eng chiroyli muzeylardan biri

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi poytaxti Nukus shahri Britaniyaning Telegraph gazetasi versiyasiga ko`ra sayyohlik uchun g`ayrioddiy yo`nalishlar 10taligiga kiritildi.  

Nukus haqidagi ma`lumotda e`tibor asosan kolleksiyalari “haqiqiy marvarid” deb ataladigan I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston davlat san`at muzeyiga qaratilgan.

Muzeyga “Ta`qiqlangan san`at muzeyi sifatida mashhur bu joy o`zida XX asrga oid rus avangard rassomchilik kolleksiyalarini to`plagan”, - deb ta`rif berilgan.

Muzey direktori Marinika Babanazarovaning so`zlariga ko`ra, bu joy ayniqsa, xorijlik sayyohlar o`rtasida mashhur bo`lib, Nukus O`zbekistonda Buxoro, Samarqand va Xivadan keyin ushbu yo`nalishda to`rtinchi o`rinda turadi.

Jahon OAV Savisskiy nomidagi muzeyga bir necha marta e`tibor qaratgan, masalan Guardian nashri uni “dunyodagi eng chiroyli muzeylardan biri” deb atagan bo`lsa, New York Times muzeyni jahonning noodatiy sayyohlik ob`ektlari qatoriga kiritgan.

Ayni paytda muzeyning yangi kompleksi bunyod etilmoqda va u tashrif buyuruvchilarning e`tiborini yanada ko`proq tortadi.

Telegraph tuzgan g`ayrioddiy yo`nalishlar qatoriga Janubiy Sudan, Sudandagi Meroe shahri, Eronning Mashhad, gruziyaning Kaxetiya shaharlari, Hindistondagi yo`lbarslar makoni Kanxa, Yamandagi Sokotra oroli, Hindistondagi Zanskar, Rossiyadagi Kamchatki yarimoroli va Argentinadagi ettirangli tog` Cerro de los Siete Coloreslar kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar