“Omad bir necha omadsizlik natijasida keladi, deb hisoblayman. Muvaffaqiyatimizning bir foizi omad, qolgan to`qson to`qqiz foizi esa omadsizlikdir”.
Soitoro Xonda. “Honda” kompaniyasi asoschisi.
Muvaffaqiyatning yagona yo`li — taslim bo`lmaslikdir. Inson omadsizlikka uchradimi, darrov harakatga tushishi va buni maksimal darajada qilishi lozim.
1. Tirik ekansiz, barchasini uddalash mumkin. O`lim — taslim bo`lish uchun yagona bahona bo`la oladi. Tirik ekansiz siz uchun hadsiz-hisobsiz imkoniyatlar omili mavjud. Ulardan foydalanib, maqsadingizga eting.
2. Hayotga real ko`z bilan qarang. Barcha ish ham bir urinishda hal bo`lavermaydi. Buni tushuning. Bu degani qo`lni yuvib qo`ltiqqa artish degani emas. Xatolar, yanglishishlar bo`ladi va ishoning, bularning bari sizning foydangizga. Faqat buni ko`ra biling.
3. Siz o`zingizga baho berganga qaraganda kuchli odamsiz. Ko`zga ko`rinmas mayda muammolar sizni to`xtatib qolmasin. Kerak bo`lsa o`n, yuz va hatto ming martalab omadsizlikka uchragan taqdiringizda ham aslo taslim bo`lmang.
4. O`zingizni doim tergab turing. Mas`uliyatni olishdan sira qo`rqmang. Hammasi yaxshi bo`ladi. Bu qaytanga o`zingizga bo`lgan ishonchning ortishiga sabab bo`ladi. Kamtarlik yaxshi hislat, albatta. Lekin hamma joyda emas.
5. Buni ham inson bolasi qilgan-ku!” Ha, to`g`ri. Shu sabab siz ham uddasidan chiqasiz!
6. Amalga oshira olmasligingizni ta`kidlashsada, baribir orzularingizga ishoning.
7. Yon-atrofdagilaringizga suyaning. Shunda quvvat yanada oshadi. Yarim yo`lda tashlab qo`ymaydigan tanishlarning bo`lishi, faqat muvaffaqiyatga olib boradi.
8. Yodingizdan chiqmasin! Hayotda sizning ahvolingizdan battarroq va sizga havasi keladigan insonlar son minglab topiladi. Millionlab odamlarga qiyin, lekin ular taslim bo`lishmayapti. Ular kurashishda davom etishayapti.
9. O`zingizga to`g`ri baho bering. Siz har qanday baxtga munosib insonsiz!
10. Yaxshilik qilishni o`rganing. Bu bilan o`zingizga ham yordam berasiz.
11. Barcha narsaning o`z vaqti soati bor. Vaqtida Uolt Disneyni bo`sh tayyorlagan maqolasi uchun ishlab turgan gazetasidan haydashgan. Mendeleev kimyo fanidan qoniqarsiz bahoda o`qigan. Shu sabab ko`p siqilmang. Hozircha omadingiz kelmayaptimi, demak omad kelishining o`z vaqti soati bor!
xabardor.uz





