AsosiyShou-biznes

Ziyodadan "O`yna, o`yna" taronasiga yangi klip

Yaqindagina eng so`nggi ijod mahsulini saytimiz orqali premera qilgan xushovoz va yoqimtoy xonanda Ziyoda bir fursat ham dam olmasdan qizg`in ijod bilan band. ''Xayolim'' qo`shig`iga suratga olingan yangi videoklip muxlislariga manzur bo`lganidan ilhomlangan Ziyoda, ''O`yna-o`yna'' taronasiga ham klip yaratish niyatida ekan.

Ayni kunda ana shu videomahsulot g`oyasi ustida taniqli klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev bilan maslahatlashmoqda. 

Ziyoda muxlislari uchun yangi yilda yana bir tuhfa hozirlaganini alohida ta`kidlab o`tishimiz lozim. Xonanda o`zining navbatdagi, ya`ni beshinchi albomini taqdim etdi. “Assalom” deya nomlangan ushbu albomdan Ziyodaning eng yangi va sara qo`shiqlari joy olgan bo`lib, ularni yaratishda Furqat Bobojonov, Bahodir Nizomov, Umid Obidov kabi ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan.

popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar