AsosiySport

Messi — CIES versiyasi bo`yicha dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi

Sport tadqiqotlar bo`yicha xalqaro markaz (CIES) Evropaning kuchli beshlik chepionatlarida o`ynaydigan eng qimmatbaho futbolchilarning ro`yxatini tuzib chiqdi.

Ushbu ro`yxatni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqardi. Uning transfer narxi 220 million evroga baholandi. Bu narx bilan Messi "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni 87 million evroga ortda qoldirdi. Markazning bahosiga ko`ra, portugaliyalik futbolchining transferi 133 million evro turadi. Kuchli uchlikni «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar band etgan (99 mln evro).

Eng qimmat transferga ega bo`lgan 20 nafar futbolchilar quyidagilar:

1. Lionel Messi («Barselona») — 220 million evro
2. Krishtianu Ronaldu («Real») — 133
3. Eden Azar («Chelsi») — 99
4. Diego Kosta («Chelsi») — 84
5. Pol Pogba («Yuventus») — 72
6. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 65
7. Rahim Sterling («Liverpul») — 63
8. Sesk Fabregas («Chelsi») — 62
9. Aleksis Sanches («Arsenal») — 61
10. Garet Beyl («Real») — 60
11. Neymar («Barselona») — 58
12. Anxel Di Mariya («Manchester Yunayted») — 57
13. Mario Gyotse («Bavariya») — 52
14. Xames Rodriges («Real») — 50
15. Oskar («Chelsi») — 50
16. Luis Suares («Barselona») — 48
17. Tibo Kurtua («Chelsi») — 45
18. Isko («Real») — 45
19. Robert Levandovski («Bavariya») — 44
20. Koke («Atletiko») — 44.

Manba: www.sports.ru

    Boshqa yangiliklar