Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan “Fleshka” texnomarkazi (sobiq “Malika” fabrikasi)dagi savdo do`konlari yangi joyga ko`chiriladi.
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining UZ24 ga ma`lum qilishicha, hozirda texnomarkazni boshqa joyga ko`chirish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Texnomarkazning ko`chirilishi aholi va haydovchilarning noroziliklariga sabab bo`layotgan mazkur majmua atrofida yuzaga keluvchi tirbandliklar bilan bog`liqdir.
Boshqarma majmuaning aynan qaerga va qachon ko`chirilishi haqida ma`lum qilmagan.

Eslatib o`tamiz, “Fleshka” texnomarkazi 2011 yilda Navoiy ko`chasidan hozirgi joyga ko`chirilgan edi. Sobiq hududda ayni paytda zamonaviy turar joy binolari qad rostlagan.
Shuningdek, o`tgan yilning boshida tasdiqlanmagan xabarlarga ko`ra, majmua Chorsudagi “Toshkent” savdo markaziga ko`chirilishi mumkinligi aytilgan edi.





