AsosiyJamiyat

“MY5”ni qanday tomosha qilish mumkin?

2014 yilning 12 noyabrida texnik sinov efirini boshlagan va avvaliga, eng sara musiqiy kliplarni efirga uzatgan, 12 dekabrdan esa sinov efirining ikkinchi bosqichiga o`tgan “Mening yurtim” telekanali yangi yil kecha ko`pchilikning xonadonida mehmon bo`ldi.

“Darakchi” gazetasi hamda darakchi.uz sayti xodimlari yaqindagina o`z faoliyatini boshlagan va o`tgan qisqa fursatda teletomoshabinlar mehrini qozona olgan “Mening yurtim” telekanalini qanday tomosha qilish mumkin degan savol bilan telekanaliga murojaat bilan chiqdi.

Ushbu savolga javob quyidagicha ma`lum qilindi:

- “Mening yurtim” telekanali Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududida raqamli formatda efirga uzatib kelinmoqda. Telekanal o`z dasturlarini DVB-T (ingl. Digital Video Broadcasting — Terrestrial) formatida uzatmoqda. Ushbu format raqamli televideniening evropa standarti hisoblanib, DVB turkumiga kiruvchi standartlardan biridir.

Telekanal texnik xodimining ushbu savolga to`liq javobi bilan "Darakchi" gazetasining navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar