AsosiyJamiyat

O`zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2015 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.
Muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2015 yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining Kotibi V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014 yil 26 dekabr

    Boshqa yangiliklar