Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi foydalanuvchisi Toshkentning Sergeli tumanidagi axlatxonalardan birini suratga tushirib, rasmni guruhga joyladi. Unda axlatxonaga kiraverishda joylashgan archalar Yangi yil marjonlari va zarlar bilan bezatilganini ko`rish mumkin deb yozmoqda daryo.uz.
Post tez orada ommalashib ketdi: 9 soat ichida u 440 ta «layk» va 20 dan ortiq izoh yig`di.
Xabarga fikr bildirganlarning ko`pchiligi ushbu axlatxonani bilishini, u erda doimo tozalik hukmron ekanligini yozgan. Ulardan birining qayd etishicha, qishda bu erga Yangi yil bezaklari ko`rk berib tursa, yozda xonaki gullar chiroyli qilib terib qo`yiladi.
Foydalanuvchilar ushbu axlatxona boshqaruvchisini maqtab, boshqalarini ham undan o`rnak olishga chaqirdi.





