Dunyoning ko`plab rivojlangan mamlakatlarida oilaning darz ketishi odatiy holga aylanmoqda. Ajrashishlarning sabablari ko`p. Masalan, iqtisodiy, ma`naviy, diniy. Sabab qanday bo`lishidan qat`iy nazar, oilaga bo`lgan munosabatning yomonligi tahlikalidir, deb xabar beradi «Kun.uz» «Xabardor.uz»ga tayanib.
An`anaviy oilalar soni tinimsiz kamayib bormoqda. Bundan tashqari, ro`yxatdan o`tmasdan yashab, keyin ajrashayotgan juftliklar ham yo`q emas.
Quyida ajrashishlar soni eng yuqori bo`lgan 10 mamlakat keltirilgan:
- Maldiv Respublikasi
- Belorussiya
- Belgiya
- Rossiya
- AQSh
- Ukraina
- Portugaliya
- Chexiya
- Shvesiya
- Vengriya





