AsosiyJamiyat

2015 yilda Toshkentning eski shahar qismida dastlabki ko`p qavatli namunaviy uylar quriladi

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentning eski shahar qismida zamonaviy qulay uy-joylar qurilishi to`g`risidagi qarorni ma`qulladi, deb xabar bermoqda uz24.uz «Podrobno.uz»ga asoslanib. Kelajakda eski shaharda 6 ta turar-joy mavzesi qurilishi rejalashtirilgan.

Qurilishning birinchi bosqichida 2015 yilda tajriba sifatida Nurafshon ko`chasi bo`ylab 160 xonadon joylashadigan beshta 3 va 5 qavatli namunaviy uylar barpo etilishi ko`zda tutilgan. Nurafshon ko`chasidagi uchta uy 3-mavze hududida, ikkitasi esa Sebzor mavzesida joylashadi.

Yangi uylar zamonaviy shaharsozlik texnologiyalarini qo`llash uchun tajriba bazasi bo`lishi ko`zda tutilgan. G`ishtdan quriladigan binolardagi xonadonlar balandligi uch metrdan bo`lishi, kirish joylari kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki beshta uy 2015 yil 1 iyulgacha foydalanishga topshiriladi. Shundan keyin yana  olti bosqichda bunday uylarning qurilishi ishlari olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar