AsosiyDunyo

Ebola Evropaga etib keldi: Birinchi bemor Shotlandiyalik

Ebola virusi bilan kasallangan bemorlar tobora kamaymoqda, degan yaxshi xabar ortidan u Evropada paydobo`lgani haqidagi noxush xabar tarqaldi, deya xabar beradi day.az nashri.

Bemor Shtlandiyada ro`yxatga olingan. Ayni damda bemor ayol Shotlandiyadagi Glazgo kasalxonasida nazorat ostida davolanmoqda. Yaqin kunlarda uni Londondagi kasalxonalarning biriga o`tkazishadi.

Aytish lozimki, ushbu bemor ayol Serra-Leonadan shu yilning 28 dekabr kuni o`z vataniga kelgan. U hamshira sifatida Serra-Leonadagi bemorlarni parvarish qilishda yordamlashgan. Kelgan kunining ertasigayoq u o`zini yomon his qila boshlagan.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotlarga ko`ra, butun dunyo bo`ylab Ebola virusidan jami 7842 nafar kishi hayotdan ko`z yumgan. 

    Boshqa yangiliklar