AsosiyJamiyat

Qozog`istonda Yangi yil archasi yonib ketdi

Qizilo`rdaga o`rnatilgan Bosh archa 28 dekabr kuni ertalab elektruzatgichlarning tutashuvi natijasida yonib ketgan.

Yong`in maydoni 6 kvadrat metrni tashkil etgan. Yong`in haqidagi xabar dastlab Instagram ijtimoiy tarmog`ida paydo bo`lgan. Shundan so`ng o`t o`chiruvchilarga qo`ng`iroq qilingan va ular voqea joyiga etib kelib, yong`inni bartaraf etishgan. Jarohat olganlar va qurbonlar yo`q. Shu kuniyoq yongan archa qaytadan o`rnatildi.

alt

Eslatib o`tamiz, 25 dekabr kuni Yangi yil archasi bilan bog`liq ilk favqulodda holat Chimkentda yuz bergan edi. Unda qattiq shamol tufayli 18 metrli archa qulab tushdi, deb xabar beradi tengrinews.

    Boshqa yangiliklar