AsosiyShou-biznes

Rus madaniyat markazining tashkil etilganligining 20 yilligi nishonlandi

Poytaxtimizda O`zbekistonda Rus madaniyat markazi tashkil etilganligining 20 yilligiga bag`ishlangan bayram tadbiri bo`li bo`tdi. Unda Respublika baynalminal markazi, Adliya vazirligi hamda Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etishdi.

Bo`lib o`tgan tadbirda 20 yillik davr mobaynida markaz tomonidan amalga oshirilgan keng ko`lamdagi ishlar xususida fikrlar bildirildi. Barchamizga ma`lumki, yurtimizda Rus madaniyat markazi 1994 yilda tashkil topgan. Uni tashkil qilishda shuningdek, amaliy faoliyat yuritishida turli millat vakillari ishtirok etishgan. Rus madaniyatiga bo`lgan xurmat va ehtirom, rus xalqi an`analari va urf-odatlarini o`rganishga bo`lgan qiziqish, ilm-fan, ta`lim va san`at namoyandalari bilan birga jamiyatimizning turli qatlamlari vakillari uchun ham birdek taalluqli,desak mubolag`a bo`lmaydi. Ayni kunlarda ushbu Markaz respublikamizdagi eng yirik va shu bilan birga faol jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Hozirda O`zbekistonning har bir qismida rus madaniyat markazining bo`limlari tashkil etilgan va ular o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

Markaz Rossiya Federasiyasi elchixonasi, “O`zbekiston-Rossiya” do`stlik jamiyati, “Ruschetmarkaz” hamda “Rossiya ishbilarmonlar markazi” bilan do`stona amaliy hamkorlik o`rnatilgan. Markaz yordamida O`zbekistonda rus halqining milliy bayramlari, Slavyan yozuvi va madaniyati kunlarini nishonlash an`anaga aylangan. O`tgan haftadabo`lib o`tgan tadbirda boshqa milliy-madaniy markazlarning vakillari ham faol ishtirok etishdi. Markaz tashkil topgan dastlabki kunlardanoq uning ishida profissional va havaskor ijrochilardan iborat bo`lgan “Orfey” vokal studiyasi, “Veteran” xor kapellasi, “Kalinushka” raqs ansambli va yana ko`plab boshqa ijodiy jamoalar faoliyat olib bormoqda. 

    Boshqa yangiliklar