AsosiySport

Futbol tarixidagi eng dahshatli jarohatlar

Jarohat — ayni ishtyoqni so`ndiruvchi holat... Hozirgi «Futbol tarixidagi eng dahshatli jarohatlar»imiz biz bilgan sportchilarimizda kuzatilgan holatlardir. Misol keltirayotgan sportchilarimizni biz nafaqat iqtidorli futbolchi, balki matonatli sportchilar deb ham atasak bo`laveradi. Oddiy turmushimizda bunday jarohatlarga uchragan ko`pchilik insonlar (bemor) futbol uyoqda tursin, oddiy harakatlarni ham bajarishi qiyinlashib qoladi!!!

Jibril Sisse - “Liverpul"
Sissedagi jarohat bundan 10 yil oldin 2004 yil oktyabr oyida “Blekbern” va “Liverpul” o`rtasidagi o`yinda yuzaga kelgan edi. Bu jarohat sababchisi, himoyachi Jeyms Makiveli edi. U to`pni olaman deb, Jibril Sissening chap tizzasining sinishiga sabab bo`ldi. Shu jarohat tufayli uch oy davomida o`yinlarda ishtirok etmadi.

Tibbiy tavsif:
Chap oyoqning katta boldir qismida ochiq sinish kuzatilgan, bu travmatalogiyada ancha jiddiy jarohatlar safiga kiradi. Bu sinishdan keyin o`yinga qaytish ancha mushkul vazifa hisoblanadi.

Eduard da Silva - “Arsenal"
“Arsenal” – “Birmingem Siti” uchrashuvi Eduardning maydondagi achinarli holatini barcha “kanonirlar” ishqibozlari eslasa kerak. Braziliyalik futbolchini bu holatiga o`zining qo`pol harakati bilan birmingemlik markaziy himoyachi Martin Teylor sababchi bo`lgandi. Unga shifokorlar maydonda sakkiz daqiqa yordam berishdi. Lekin bu harakatlar kamlik qildi va u bir yil davomida shifokor nazoratida bo`ldi.

Tibbiy tavsif:
Bunday sinish Eduard oyog`ining pastki qismida, ya`ni boldir va kaft usti qismida kuzatilgan.

Franchesko Totti - “Roma"
“Roma” va “Empoli” o`rtasidagi 2006 yil 19 fevraldagi o`yinda “bo`rilar” sardori jiddiy jarohat oldi. U oyog`ining pastki qismidan jarohat olgan. Dastlab mutaxassislar 1 yilda maydonga qaytishini taxmin qilishgandi. Lekin, malakali shifokorlar uni 4 oyda maydonga qaytarishni ta`minlashdi.

Tibbiy tavsif:
Totti oyog`ining distal qismida sinish kuzatilgan. Sinish kaft usti va boldir bo`g`imlari oralig`ida yuzaga kelgan.

Aaron Remzi - "Arsenal"
Futbolchi bu jiddiy jarohatni 2010 yilning fevral oyida “Stok Siti” himoyachisi Shoukrossomdan “qabul qilib” olgandi. Bu to`qnashuv natijasida Remzining katta va kichik boldirlari sindi. Jarohatdan to`liq tiklanish uchun unga sakkiz oy vaqt ketdi.

Tibbiy tavsif:
Sinish katta va kichik boldirlarda ochiq holatda kuzatilgan. Bu odatiy yopiq sinishlarga qaraganda ancha xatarli.
Jibril Sisse - Fransiya
Jahon chempionati-2006ga tayyorgarlik davomida Fransiya-Xitoy uchrashuvida Jibril Sisse o`yin boshlanganiga 10 daqiqa bo`lmasdan jiddiy jarohat oldi. Bu jarohat tufayli u yashil maydondan yarim yilga mahrum bo`ldi.

Tibbiy tavsif:
O`ng katta va kichik boldirlarning sinishi (ezilib ketishi).

Kiron Daer - “Vest Xem"
Daer 2007-2008 yigi mavsumda jarohatlarga ko`milib qoldi. “Nyukasl”dan “Vest Xem”ga 2007 yil 16 avgustda o`tdi. Oradan ko`p vaqt o`tmasdan 28 avgust kungi “Bristol Rovers”ga qarshi uchrashuvda u jiddiy jarohat oldi. Jarohatning jiddiyligi suyakning ikki marta singanligida edi.

Bu jarohatni unga Jo Yakobson etkazgan edi. Jarohatdan so`ng u bir yil muddatga safdan ketdi. Safga qaytganining dastlabki kunlarida Kiron Daer yana jarohat oldi. Bu jarohat uni olti oyga maydondan uzoqlashtirdi.

Tibbiy tavsif:
Rasmda ko`rib turganingizdek, Daer oyog`ida ikkita sinish o`ng va chap katta boldir suyaklarida kuzatilgan.

Petr Chex - “Chelsi"
“Rendingom” - “Chelsi” uchrashuvining dastlabki daqiqalarida mezbonlar o`yinchisi Stiv Xant katta tezlik bilan kelib, Chexga urildi. Bu tufayli Chex maydonda deyarli 10 daqiqa harakatsiz yotdi. To`qnashuv natijasida darvozabonda kuchli miya chayqalishi va bosh miya suyagi asos qismining ichki sinishi kuzatildi. Bu jarohat tufayli “aristokrat” to`rt oy davomida maydonga tushmadi. Shundan beri Chex boshidagi shlemini echmaydi.

Tibbiy tavsif:
Rasmdagi holat balki, unchalik qo`rqinchlimasdir. Lekin, og`ir miya chayqalishi bilan kasalxonaga keltirilgan bemorlarning ko`pchiligining hayoti shu joyning o`zida tugagan.

Manba: www.stadion.uz

    Boshqa yangiliklar