AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi «Mening armiyam — mening faxrim» tanlovini e`lon qildi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan turli xil ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, tanlovlar o`tkazilmoqda. «Mening armiyam — mening faxrim» deb nomlangan tanlov ham ana shular jumlasidandir, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi Ma`naviyat va Ma`rifat markazi etakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova.

Ushbu ko`rik tanlov Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O`zbekiston badiiy akademiyasi, «Kamolot» YoIH hamkorligida  tashkil etilmoqda. Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila a`zolari, umumta`lim maktablari o`quvchilari va mahalliy aholi vakillari rasm chizish, foto, plakat tayyorlash, biser va toshlar bilan bezatish hamda boshqa bir qator xalq amaliy san`ati turlari bo`yicha o`z ijodiy ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lganlar o`z ijodiy ishlarini kerakli ma`lumotlarni ilova qilgan holda Mirzo Ulug`bek tumani, Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi, 98 manzilida joylashgan Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga yuborishi mumkin.

Ishtirokchilar havaskor va professional bo`lishi, yakka va jamoaviy tartibda qatnashishi mumkin. G`oliblarni taqdirlash marosimi Vatan himoyachilari kuni arafasida bo`lib o`tadi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ishlar Qurolli kuchlar davlat muzeyi, Toshkent fotosuratlar uyi va O`zbekiston badiiy akademiyasi ko`rgazma zallarida namoyishga qo`yiladi.

manba: daryo.uz

 

    Boshqa yangiliklar