Uilyamsning tayinlanishi to`g`risida Volkswagenning press-relizida e`lon qilingan. Kompaniya “Wie gut klingt das denn” (“Qanchalar ajoyib eshitiladi&rdquo shiori ostida taqdim etiladigan to`qqiz model orasiga kiruvchi Club & Loungeni ilgari surmoqchi.
Avtomobillarning yangi modeli seriyasiga Tiguan, Beetle, Golf va boshqalar kirishi rejalashtirilmoqda. Volkswagenning Germaniyadagi marketing bo`limi boshlig`i Luts Ketening so`zlariga ko`ra, Robbi Uilyams Club & Loungeni ilgari surish uchun 20ga yaqin kreativ g`oyalar o`ylab qo`ygan.
Robbi Uilyams Buyuk Britaniya va Evropadagi eng ko`p sotiladigan xonandalar qatoriga kiradi. Xonandalik davrida uning 77 million nusxadagi albomi sotilgan.





