Bugungi kunda rekord o`rnatish unchalik ham qiyin ish emas. Deyarli har kuni kimningdir biror sohada rekord qo`yganini eshitamiz. Ginnessning rekordlar kitobini varaqlar ekansiz, g`aroyib rekordlarga ham ko`zingiz tushadi. Masalan, mana bunday rekordlar haqida eshitganmisiz?

1. Aaron Keyssi yuzida 17ta qoshiqni ushlab tura oladi.

2. Juliya Plecher baland poshnali poyabzalda 100 metr masofani 14,531 soniya ichida bosib o`tgan.

3. Ozzi laqabli it uzunligi 3,5 metrli dordan 18,22 soniyada o`ta olgan.

4. Omadli laqabli echki skeytbordda 25 soniya ichida 36 metr masofani zabt etgan.

5. Kim Gudman ko`z soqqalarini 12 mm. tashqariga chiqara oladi.

6. Parashyutchi va karatechi Erni Torres samodagi parvozi chog`ida 12 dona taxtani sindirgan.

7. Jeyms Braun 322ta modeldan iborat dunyodagi eng katta changyutkichlar kolleksiyasiga ega.

8. Endryu Stenton uzunligi 3,63 metrli simni burni va og`zi orqali chiqargan.


9. Ruan Lyanmin butun tanasini asalari qoplagan holda 53 daqiqa 34 soniya o`tirgan.

10. Linsey Lindberg bir daqiqa ichida 10ta olmani mushaklari yordamida parchalagan.

11. Saymon Elmor 400 dona naychani 10 soniya davomida og`zida tutib tura olgan.

12. Cheyn Xaltgren bir vaqtning o`zida 24ta qilichni yutgan.

13. Barnabi Orbaks va “Qalampir” bir daqiqada 55 dona patnisni boshi yordamida bukishgan
manba: xabardor.uz





