AsosiyShou-biznes

“Surxon” haqiqiy ko`pkarida ishtirok etdi(mi?)

Folklor yo`nalishda ijod qiluvchi guruhlar orasida “Surxon” guruhining alohida o`rni bor. Bir necha yildan buyon xalqga yaqin taronalari bilan el mehrini qozongan guruh doim yangiliklar yaratish bilan band. Ma`lum bo`lishicha, yaqin kunlarda “Surxon” guruhi yangi videoklipini keng omma e`tiboriga taqdim etadi.

“Ko`pkari” nomli qo`shiq uchun 9999 studiyasi tomonidan yaratilayotgan videoklipning suratga olish ishlari Zomin tumanida joylashgan Oqtosh qishlog`ida olib borildi.

Ikki kunlik tasvirga olish jarayonida nihoyatda ko`p ishtrokchilar qatnashgan. Mingga yaqin chavandozlar hamda o`n mingga yaqin tomoshabinlar,  qolaversa ijodiy guruh a`zolari havo sovuq bo`lishiga qaramay mehnat qilganlari tahsinga loyiq. Haqiqiy ko`pkari jarayonini tasvirga olishda rejissyorlar Temur hamda Dilshod Ismatovlar eng yuqori texnologiyalardan foydalanganishgan.

“Qo`pkari” taronasining matn va musiqa muallifi zominlik ijodkor Sundor Qoraboev.

Ayni kunlarda yangi videoklipning montaj jarayonlari olib borilmoqda.

popcorn.uz

    Boshqa yangiliklar