AsosiyShou-biznes

Yulduzlar "Darakchi" gazetasi muxlislarini tabriklashda davom etadi

Hurmatli "Darakchi" gazetasi o`quvchilari, quyida sizning e`tiboringizga o`zbek shou-biznesi yulduzlarining aynan sizlar uchun tabriklari e`lon qilinmoqda.

Mahmud Namozov:

- Yangi yilda faqatgina eng yaxshi tilaklar tilanadi, shuning uchun ham “Darakchi” gazetasi muxlislariga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Gazetaning bundan keyingi ishlariga omad tilab qolaman. Yurtimiz tinch bo`lsin, eng yaxshi niyatlarim xalqimiz va muxlislarimizga.

Sharof Muqimov va Sevinch Mo`minova:

- Xalqimiz har doim mana shunday go`zal bayramlar tark etmasin. San`atni yaxshi ko`rgan insonlarni qalbi pok inson deyishadi, ana shu qalbi pok insonlarning boshlari omon bo`lsin. “Darakchi” gazetasi muxlislari sog` va salomat bo`lishsin.

Zarina Nizomiddinova:

- “Darakchi” muxlislariga baxt va omad tilayman. Doim mana shu gazetanib o`qib, eng so`nggi yangiliklardan xabardor bo`lib borishlarini so`rayman.

Asal Shodieva:

- Barcha yurtdoshlarimizga, xususan “Darakchi” gazetasi muxlislariga yangi yilda omad, baxt, muhabbat, salomatlik tilayman.

Jamila G`ofurova:

- “Darakchi”ning barcha muxlislarini yangi yil bilan tabriklayman. Ushbu gazeta kimgadir yoqmasligi mumkin, bu har kimning o`z tanlovi, lekin baribir eng yaxshi gazeta. Shaxsan o`zim ham aynan mana shu gazetani o`qiyman. Hammaga omad tilagan holda, yanayam baland cho`qqilarni zabt etishlarini tilayman.

    Boshqa yangiliklar