AsosiyJamiyat

Xorazmda mobil telefonlarni tortib olgan zo`ravonlar qo`lga olindi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida ikki nafar noma`lum shaxs 19 va 23 yoshli ikki yigitning oldidan chiqib, ularning mobil telefonlarini tortib oldi, deb xabar bermoqda daryo.uz nashri «Na postu» gazetasiga tayanib.

Jabrlanuvchilar ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumondorlar qo`lga olingan.

Zo`ravonlar 19 va 24 yoshli yigitlar ekanligi aniqlangan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar