Beyonse va Jey Zi 75 million dollarga hashamatli uy sotib olish istagini bildirib, ommaga ma`lum qilgan. Mashhur Minecraft o`yini asoschisi, shvesiyalik tadbirkor Markus Preson uy sohiblariga bir oz katta miqdorda pul taklif qilgan va uni sotib olgan.
Ta`kidlash joiz, Beyonse va Jey Zida uy uchun kurashish imkoni bor edi, biroq ular bundan qat`iy bosh tortishdi.
Endi musiqachilar yana oilasi uchun uy qidirishi va Rojdestvo bayramini nishonlash joyini aniqlashi kerak bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, shvesiyalik tadbirkor sotib olgan uy kema ko`rinishida bo`lib, Beverli-Xillzda joylashgan. Uyning umumiy maydoni 2136 kvadrat metr bo`lib, 8ta yotoqxona, 15 hammom, 16 avtomobilga mo`ljallangan erosti garaji va 24ta kinozal mavjud.





